Xush kelibsiz

akademik litseyimizga

ARM

Axborot-resurs markazi

Akademik litsey axborot-resurs markazi umumiy fondi hozirda 15846 dona o‘quv adabiyotlardan iborat. ARM fondi Toshkent to‘qimachilik institutidan ajratilgan 1212 dona darslik va qo‘llanmalar, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan berilgan 30 dona fransuz tilidagi kitoblar hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasining Roszarubejsentr  tashkilotidan berilgan 685 ta  rus tilidagi o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va badiiy adabiyotlar hisobidan boyitildi.
Akademik litsey kutubxonasi 2007 yildan Axborot-resurs markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Axborot-resurs markazida 76 o‘rinli qiroatxona, kitob saqlash xonasi, 7 ta kompyuter va printer, skaner, proektor hamda kseroks bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv jarayonida va qo‘shimcha darslarda xizmat ko‘rsatmoqda.

Axborot-resurs markazining 15846 dona kitob fondi 7630 ta darsliklar va  674 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar (maxsus), 4219 ta badiiy kitoblar hamda  850 ta elektron darsliklardan iboratdir. ARMda davriy nashrlar ham mavjud. 26 turdagi gazeta va jurnallarning har bir soni yig‘majildlarga tikib boriladi.
Fan kabinetlarida dars jarayonida foydalanishi uchun guruhlardagi o‘quvchilar soniga nisbatan yetarli miqdorda darslik va adabiyotlar mavjud.
Akademik litseyning darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagicha: Aniq fanlar – 16%; Tabiiy fanlar – 16,7%; Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 15%; Xorijiy filologiya – 16,1% ; Litsey bo‘yicha ta’minlanganlik darajasi o‘quvchilar kontingentiga nisbatan 16%  ni tashkil etadi.

Akademik listeyda qo'yidagi yunalishlar mavjud:

Aniq fanlar 1

Matematika, fizika, ona tili adabiyot

Aniq fanlar 2

Matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot

Aniq fanlar 3

Matematika, rasm chizmachilik, ona tili va adabiyot

Tabiiy fanlar

Matematika, kimyo, ona tili va adabiyot

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyda qo'yidagi fanlar chuqirlashtirib o'qitiladi