14.01.2020 kuni akademik litseyda «MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda akademik litsey direktori U.T. Yuldasheva, MMIB direktor o‘rinbosari Igamberdieva G.Z, O‘zbekiston Respublikasi MXX chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan podpolkovnik Nuriev G‘.I. va xarbiy sport akademiyasi o‘quvchilari,  Ijtimoiy fanlar kafedrasi Safarov N.  YoChT rahbari Yusupov.I, o‘qituvchilar va 200 nafar akademik litsey o‘quvchilari qatnashdi.

Tadbirdan asosiy maqsad o’quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari to‘g‘risidagi Qonun, uning mazmun-mohiyati, Qurolli Kuchlarning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Markaziy muzeyi bilan yaqindan tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining jangovar bayrog‘i va uning ahamiyatini tushuntirish, o‘quvchilarni vatanga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashdir.