AKADEMIK LITSEYLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 9-SINF O‘QUVCHILARI VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!!!

2021/2022-o‘quv yilida akademik litseylarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek, koronvirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib, akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qilamiz.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va paroli bilan shaxsiy kabinetiga kirgan holda 20-avgust soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari:

•  tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘irlashlari;

•  xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklashlari;

•  hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilashi;

•  kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilashlari mumkin bo‘ladi.