«Buyuk siymolar» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔰Bugun Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti va akademik litseyi hamkorligida institutning axborot resurs markazida Mir Alisher Navoi va Zaxiriddin Muxammad Boburning tavalludiga bag‘ishlangan «Buyuk siymolar» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda TTESI akademik litseyning ARM raxbari Eshmatova Muqaddas boshchiligida   akademik litseyining

❇️ 1a-20 guruhi: Telmanova Ozoda, Rustamova Dilrabo, Dilmurodova Diana, Baxtiyorjonova Xumora, Saidanvarov Saidkarim, Namozboev Islom

❇️ 2a-20 guruhi: Shavkatov Sunnatbek

❇️ 6r-20 guruhi: Ziyoeva Dilfuza, Asqarjonova Diyora, Tohirova Shahnoza

❇️ 4i-19 guruhi: Ibragimov Shaxriyor, Toxirova Shirin o‘quvchilari o‘z mahoratlari va iste’dodlarini namoyish etgan holda ishtirok etishdi.

 O‘quvchilarimizning jozibali g‘azallar, ashula va raqs ijrolari  barchani xushnud etib, tadbirga o‘zgacha chiroy va mazmun baxsh etdi.

Tadbirga  Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining taniqli aktyorlari taklif qilindi. TTESI talabalari tomonidan ham bir nechta chiqishlar namoyish etildi.

O‘quvchilarimizning chiqishlari TTESI rektori, prorektorlari, dekanlari, o‘qituvchilarida katta taasurot qoldirdi.

Tadbir barchaga ma’naviy ozuqa, ko‘tarinki kayfiyat va cheksiz fahr tuyg‘usini baxsh etdi. Yoshlarimiz ushbu buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish va Vatanimizni dunyolarga keng tanitish maqsadini oldilariga qo‘yishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga TTESI rektori I.Q.Sabirov tomonidan imzolangan «Tashakkurnoma»lar taqdim etildi.