«Millat dardiga darmon bo‘lmoqlik vazifamizdir» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta tashabbus ijrosi yuzasidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish» maqsadida  joriy  yilning 7-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti madaniyat saroyida  TTESI  hamda TTESI akademik litseyimiz “Kitobxonlik va kitob mutolaa qilish madaniyatini oshirish” ishchi guruhi raisi  Eshmatova Muqaddas Keldiyarovna tashabbusi bilan  Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohatchisi   Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan «Millat dardiga darmon bo‘lmoqlik vazifamizdir» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda «Sohibqiron» dramasi litseymiz o‘quvchilari Ibragimov Shaxriyor, A’zamov Miraziz, Abdullaev Muhiddin, Telmanova Ozoda, Asqarjonova Diyora, Shavkatov Sunnatbek, Saidanvarov Saidkarimlar tomonidan  maromiga yetkazib ijro etilganligi  barchani ruhlantirdi.  Sahna asari yakunida ishtirokchilar tomonidan “Amir Temur izdoshlarimiz” nomli she’rning  xor bo‘lib ijro etilishi tinglovchilarni vatan hissi,  ajdodlar yodini e’zozlashga da’vat etdi. Shu bilan birga 1a-20 guruh o‘quvchisi Telmanova Ozodaning  Oybek Hamroqulov tomonidan ijro etilgan «Sohibqironim bor maning» nomli qo‘shig‘iga xirom aylashi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *