O‘zbekiston Davlat Drama teatrida “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazildi.

Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosib nishonlash uchun O‘zbekiston Davlat Drama teatrida “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazdilar.

🔸Ushbu tadbirni «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi o‘qituvchilari tashkillashtirishdi.

🔹Tadbirni «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi Ismoilova Sarvinoz ochib berdi.

🔸Tadbir davomida o‘quvchi qizlar Navoiyning «Xamsa» asarining har bir dostonini rasmlar orqali tasvirlab berishdi.

🔹O‘quvchilar Navoiy g‘azallaridan, she’r va ruboiylaridan o‘qib, o‘sha davr adabiyotining yuksakligini yana bir bor e’tirof etishdi. 🔸O‘quvchilar Navoiy tuyuqlarini qo‘shiq qilib ijro etishdi. Tadbir so‘ngida Navoiy hayoti va ijodiga bog‘liq viktorina o‘tkazildi.

🥇Ushbu viktorinada 1a-20 guruhi o‘quvchisi Telmanova Ozoda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🥈2-o‘rinni 6r-20 guruh o‘quvchisi  Ubaydullaeva Dilbar egalladi.

🥉3-o‘rin sohibi esa 2a-20 guruh o‘quvchisi Shakarov Ibrohim.

📚G‘olib o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi. 

🌟Tadbirda faol ishtiroki uchun 6r-20 guruh o‘quvchilari Ubaydullaeva  Dilbar va Egamberdieva Sabina, 1a-20 guruh o‘quvchisi Telmanova Ozoda, 2a-20 guruh o‘quvchisi Olimjonov Azimjon faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

📍Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Drama Teatri akterlari tomonidan “Sab’ai Sayyor” nomli spektakl namoyish etildi.